Пожалуйста помогите написать сочинение на узб. Яз. ODOB SALOMDAN BOSHLANADI
Odobning boshi salomdan boshlanadi. Siz erta turib, boboy-u buvingizga albatta salom berasiz. Ota-onangizni salom bilan qarshilaysiz. Amma-yu xolangiz, toga-yu amakingizni ham inchinun. Kichik uka-singillaringiz, oz navbatida sizga salom berishadi. Ulug bobomiz Ahmad Yassaviy zamonida ham, katta bobokalonimiz Amir Temur davrida ham, hazrat Alisher Navoiy-u Husayn Boyqaro va Bobur mirzo zamonlarida ham xuddi shunday salomlashilardi.Bugun ham biroz nuqsоnlarni hisobga olmaganda shunday manzaralarni uchratib turasiz. Hamma gap odobning boshi bolgan salomning erta, yuz yildan keyin, yana ming yillardan keyin ham xuddi shunday avlodlar tilida jaranglab turishida qolgan. Chunki xalqning umri uning madaniyati, urf-odati, udumlari umrining uzunligi bilan olchanadi.Bizning ozbek xalqimizning oziga xos tabiatini, lutfkorligini, urfu-odatlarini hammamizga jonday aziz, qadrdon «salom» sozisiz tasavvur qilolmaysiz. Shuning uchun ham dono xalqimiz «avval salom, badaz kalom» deb bejiz aytmagan. Salom odobning boshi, odatning debochasi. Qolaversa, odamning kimligini uning salomi ham belgilaydi
